LexHackathon huquqiy yeçimlar xakatoni
Huquqiy muammo.
Raqamli yeçim.
LegalTech yönalişida 3 kunlik xakaton — ğoyadan işlaydigan prototipgaça.
Adliya vazirligi
Raqamli texnologiyalar vazirligi
TDYU
Adliya vazirligi
Raqamli texnologiyalar vazirligi
TDYU
Ğoyadan işlaydigan prototipgaça — uç kunda
LexHackathon — huquqşunoslar, dasturçilar, sun'iy intellekt mutaxassislari, dizaynerlar va tadbirkorlarni birlaştirib, huquq sohasidagi dolzarb muammolarga amaliy raqamli yeçimlar yaratişga qaratilgan uç kunlik jamoaviy xakaton.
- 3
- kun
- 48 000 $
- moliyalaştiriş
- 3–5
- kişilik jamoa
- 16+ yoş
- Özbekiston fuqarosi
- 3–5 kişilik jamoa
- Jamoada kamida bir nafar huquqşunos yoki yuridik talaba
- Iştirok bepul
Ikki yönaliş
Iştirokçilar quyidagi yönalişlardan birini tanlaydi.
Huquqiy xizmatlarni körsatiş
Aholi va tadbirkorlik subyektlari uçun huquqiy xizmatlarning qulayligi, tezkorligi va sifatini oşiradigan raqamli yeçimlar.
Sun'iy intellekt
Huquqiy axborot va hujjatlarni tahlil qiliş, iş jarayonlarini avtomatlaştiriş hamda mutaxassislar qaror qabul qilişini qöllab-quvvatlaşga xizmat qiladigan sun'iy intellekt yeçimlari.
Muhim sanalar
- 29-oktabr – 9-noyabrAriza topşiring
- Alohida e'lon qilinadiSaralaş natijalari
- 13-noyabr1-kun · Start
- 14-noyabr2-kun · Çekpoint
- 15-noyabr3-kun · Final
- KeyinLoyihani rivojlantiriş
Loyihalarni rivojlantiriş uçun moliyalaştiriş
Har bir yönalişda alohida: 1-, 2- va 3-örin. Mablağ ğolib loyihalarni inkubatsiya va akseleratsiya dasturlari doirasida rivojlantirişga yönaltiriladi.
Köp söraladigan savollar
Iştirok pullikmi?
Yöq. Xakatonda iştirok etiş ixtiyoriy va bepul. Faqat turar joy va transport xarajatlari iştirokçilar hisobidan; iş joyi, Wi-Fi, tuşlik va kofe-breykni taşkilotçilar ta'minlaydi.
Yakka özim röyxatdan ötsam böladimi?
Ha. Yakka röyxatdan ötganlarga taşkiliy qömita jamoa tuzişda kömaklaşadi, lekin xakaton boşlanguniga qadar siz 3–5 kişilik jamoaga birlaşgan bölişingiz lozim.
Jamoada huquqşunos şartmi?
Ha. Jamoa tarkibida kamida bir nafar huquqşunos yoki yuridik yönalişda tahsil olayotgan talaba bölişi lozim.
Bir neça jamoada qatnaşa olamanmi?
Yöq. Bir iştirokçi faqat bitta jamoa tarkibida qatnaşa oladi.
Tayyor mahsulotim bölişi şartmi?
Yöq. Tayyor mahsulotga ega böliş majburiy emas — prototip xakaton davomida yaratiladi. Xakatongaça yaratilgan işlanmalar bölsa, buni hakamlar hay'atiga ma'lum qilasiz.
Mualliflik huquqi kimda qoladi?
Xakatonda yaratilgan dasturiy kod, dizayn va konsepsiyalarga bölgan mualliflik hamda mutlaq huquqlar ularni yaratgan jamoa a'zolarida saqlanib qoladi.
Jamoangizni yiğing va ariza topşiring.
Arizalar 29-oktabr – 9-noyabr kunlari qabul qilinadi.
